BIZ HAQIMIZDA
OquvX haqida
OquvX — o‘zbek tilidagi bepul online test va bilim sinovi platformasi. Maqsadimiz — fanlar bo‘yicha bilimni tez tekshirish, xatolar ustida ishlash va imtihonlarga qulay tayyorlanish.
1 117savol
25online test
17fan
28amaliy topshiriq
OquvX’da nimalar qilish mumkin?
- Online test ishlash — fanlar bo‘yicha 10, 20, 30 yoki 50 ta savolli test.
- Takrorlanmaydigan savollar — har safar siz hali ko‘rmagan savollar beriladi.
- Natija tahlili — test oxirida to‘g‘ri va noto‘g‘ri javoblar, xatolar daftari.
- Sertifikat — 70% va undan yuqori natija uchun kod orqali tekshiriladigan sertifikat.
- Amaliy topshiriqlar — klaviatura, Excel, dasturlash va boshqa amaliy mashqlar.
- Ovozli o‘qish — savollarni Madina yoki Sardor ovozida eshitish.
- Reyting va XP — faollik bo‘yicha reyting, daraja va streak.
Platforma qanday ishlaydi?
- Ism va familiyangizni kiritib, profil yarating (parol shart emas).
- Fan va savollar sonini tanlang.
- Savollarga javob bering — vaqt har bir savol uchun hisoblanadi, boshqa oynaga o‘tsangiz test pauzaga tushadi.
- Natijani, xatolar tahlilini va sertifikatni oling.
Imtihonga tayyorgarlik
Bir fandan bir necha marta test ishlab, zaif mavzularingizni aniqlang. «Xatolar daftari» va Smart tavsiyalar qaysi mavzuni takrorlash kerakligini ko‘rsatadi.
